Farg‘onada Yangi yil archasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 23 dekabr kuni soat 13:26 larda Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori kirish eshigi qarshisida o‘rnatilayotgan sun’iy 4 metrli archa yonib ketdi.

Viloyat FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in soat 13:31 da qurshab olinib, 13:33 da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbari chiqqan. Yong‘inni bartaraf qilish uchun 1 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. 

Yong‘in oqibatida hech qanday talafot va fuqarolarning jabrlanish holatlari kuzatilmagan.

“Yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda Farg‘ona viloyati hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyat aholisidan yangi yil archalaridan foydalanishda yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi Farg‘ona viloyati FVB rasmiy munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing