Farg‘onada voyaga yetmagan bola mashinada tengqurini urib yubordi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga jiddiy e’tibor qaratilmayotgani ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Joriy yilning 27 mart kuni voyaga yetmagan I.Sh Nexia-3 avtomashinasida tumanning Bachqir qishlog‘ida harakatlanib borayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida ketayotgan voyaga yetmagan piyoda T.I. ni urib yuborgan. Shuningdek, yo‘l chetida to‘xtab turgan fuqaro T.U.ga tegishli Nexia-3 mashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida T.I. yopiq bosh miya jarohati, bosh ensa suyagini sinishi, ensa sohasining ezilib yirtilishi kabi hayot uchun xavfli, og‘ir tan jarohati olgani ko‘rsatilgan.

Hodisa oqibatida har ikkala Nexia-3 avtomashinalari ham turli darajada shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan I.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organiga yuborilganini hamda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi doirasida fuqaro T.U.ning avtomashinasiga yetkazilgan 24 336 000 so‘m miqdoridagi zararni undirish borasida sudga da’vo arizasi kiritilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing