Farg‘onada voyaga yetmagan haydovchi YTH natijasida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi sodir etgan YTHda bir kishi halok bo‘ldi. bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Voyaga yetmagan R.A. boshqaruvidagi “Vaz-2106” rusumli avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz X.Olimjon ko‘chasida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi chinor daraxtiga urilishi oqibatida haydovchi R.A. yo‘lovchilar B.B. va A.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shifoxonada qo‘rsatigan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi R.A. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing