Farg‘onada uyida qimorxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
27 noyabr
2462Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida o‘z xonadonida noqonuniy qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dolzarb 10 kunlik” maxsus-profilaktik tadbirlari davomida Farg‘ona tumani “Shifokor” mahallasida yashovchi 61 yoshli fuqaro Sh.X. yashash xonadonida noqonuniy qimorxona tashkil qilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida chet el fuqarolari tomonidan ijaraga olingan uyda tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlari o‘tkazib kelinayotgani aniqlangan edi.
LiveBarchasi