Farg‘onada uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida yashash uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak 5 yil 2 oy muddatga  ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘.A. ismli fuqaro Farg‘ona shahar “Do‘stlik” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yonma-yon joylashgan xonadonlaridan fohishaxona sifatida foydalanayotgan vaqtda tegishli organlar tomonidan tegishli shaxslar, pul va shu kabi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur fuqaro 2022 yilda ham Farg‘ona shahar sudida fohishaxona tashkil qilganlik jinoyati bo‘yicha sudlanib, axloq tuzatish jazosi tayinlangan, u ushbu jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 2023 yilning 8 yanvar sanasida yashash uyida fohishaxona tashkillashtirib, qo‘shmachilik qilganlikda aybli deb topilgan.

Shuningdek, joriy yilning 23 iyun kuni viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida sudlanuvchining jinoyatga nisbatan birinchi instansiya tomonidan chiqarilgan hukmdan norozi bo‘lib yozgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining qaroriga ko‘ra, O‘.A. Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan shu modda asosida 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda Jinoyat kodeksining 60-61-moddalari tartibida ilgarigi jazo tayinlanib, shartli ozod qilingan qismini qisman qo‘shish orqali 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, navbatdagi sud majlisida sudlanuvchining jazoga yengillik kiritish yuzasidan bergan arizasi Farg‘ona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining hukmi adolatli tayinlangan deb topilgan holda, mazkur jazo o‘zgartirishsiz qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona fohishaxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing