Farg‘onada o‘tgan o‘yinda futbolchi va muxlislar hakamni do‘pposladi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020
13858Bugun, 1 dekabr kuni Pro-liganing hal qiluvchi o‘yinida Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi - Yaypanning “Turon” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yin oxirida muxlislar maydonga chiqib ketib, ommaviy tartibsizlik ro‘y berdi.
Pro-liga g‘olibligi va Superligaga chiqish yo‘llanmasini taqdim etuvchi o‘yinda “Turon” jamoasi g‘alaba qozondi. Klub shu bilan o‘z tarixida birinchi marta chempionatning yuqori ligasiga yo‘llanma oldi. “Neftchi” futbolchilari esa mag‘lubiyatni qabul qila olmadi.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolarda farg‘onalik futbolchilardan biri o‘yin bosh hakami Shavkat Nasibullayevga sakrab zarba bergani aks etgan. Bundan tashqari, klub xodimlari va maydonga chiqib kelgan muxlislar ham hakamlarga tashlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qanot hakamlaridan birining boshi yorilgan.
LiveBarchasi