Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining boshini yorib qo‘ydi (video)
3-sahifa
−
06 mart
9419Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga telefon uloqtirib, uning boshini yorib qo‘ydi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, ushbu holat kecha, 5 mart kuni Marg‘ilon shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuz bergan. Gap shundaki, ingliz tili o‘qituvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M.E. 6-soat darsini 5-sinfga o‘tayotganda shu sinfning o‘quvchisi 2012 yilda tug‘ilgan U.J. hojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan. O‘qituvchi unga javob bermagan.
Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va qaytgach, o‘qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirishidan jahli chiqib, o‘z qo‘l telefonini o‘quvchiga qarata otgan. Telefon o‘quvchiga tegib, oqibatda uning boshi yorilgan.
U.J.ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
Hozirda o‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzaxda o‘qituvchisining kaltagidan qo‘rqqan o‘quvchi dars jarayonida hushidan ketgandi.
LiveBarchasi