Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi o‘quvchini beayov kaltakladi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat o‘tgan yilning dekabr oyida Marg‘ilon shahridagi 11-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Maktabning 8-“A” sinf rahbari S.D. 8-sinf o‘quvchisi T.M.ni muntazam darslarga kirmay yurgani, ko‘p sho‘xlik qilgani va o‘qituvchilarning shikoyatlari sababli koyib, tanbeh berib, tartibga chaqirgan. O‘quvchiga muallimaning so‘zlari yoqmagan va u ustozga nisbatan hurmatsizlik qilib, qo‘pol so‘zlar bilan gap qaytargan. O‘qituvchi o‘zini tutolmay, asabiy holatda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan.

O‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi north_east

O‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Ushbu ko‘ngilsiz voqea maktab jamoasida muhokama qilingan. Muallima o‘zining xatti-harakatidan afsusdaligini, bunday holat qaytarilmasligini bildirgan. Maktab rahbariyati pedagogga xos bo‘lmagan harakatlarni sodir etgani uchun o‘qituvchiga nisbatan 28 dekabr kuni tegishli tartibda intizomiy jazo chorasini qo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida ayol o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchini urgani xabar qilingandi. O‘quvchining onasi sinfda o‘qituvchiga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning yuziga musht tushirgan, o‘ldirish bilan tahdid qilgan. So‘ngra tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan va ayolga tegishli chora ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab Farg'ona o'qituvchi o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing