Farg‘onada uch kishining ustiga mashina haydab, o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida kecha, 17 may kuni 3 nafar shaxsni o‘ldirishda va ikki nafar shaxsni o‘ldirishga suiqasd qilishda ayblangan Quva tumanida yashagan A.Z.ga oid jinoyat ishi mazmunan ko‘rib yakunlandi.

Ayblovga ko‘ra, sudlanuvchi A.Z. o‘tgan yil 7 noyabrda boshqaruvidagi 40 K 268 AA davlat raqamli, Matiz rusumli avtomashinasida Quva tumani “Ittifoq” MFYda besh nafar shaxsni qasddan o‘ldirish maqsadida ularning ustiga avtomashinani haydab borgan. Natijada 3 kishining vafot etishiga va 2 nafarining turli darajadagi tan jarohatlari olishiga sababchi bo‘lgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, A.Z. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining “a”, 97-moddasi 2-qismining “a” bandi va 109-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga JK 59-moddasining 3-qismiga asosan o‘tash uchun uzil-kesil 19 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchiga tegishli bo‘lgan 40 K 268 AA davlat belgili Matiz rusumli avtomashina jinoyat quroli deb e’tirof etilib, davlat foydasiga musodara qilinishi belgilandi.

Taraflarga qonunda belgilangan muddatda va tartibda shikoyat (protest) keltirish huquqlari tushuntirildi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona

Baholaganlar

433

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing