Farg‘onada Tracker YTH natijasida yonib ketdi
3-sahifa
−
26 dekabr 2020
6534Bugun, 26 dekabr kuni soat 05:30larda Farg‘ona viloyatida Nexia va Tracker ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada Tracker yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH Buvayda tumani hududidan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 313-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan B.A. Tracker rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, ehtiyotsizligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning orqa qismiga borib urilgan. YTH oqibatida Tracker rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
To‘qnashuv natijasida Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 21 yoshli M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.