Farg‘onada tomorqasida 450 tup ko‘knori ekkan onaxon ushlandi
3-sahifa
−
03 iyun 7417 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tomorqasida 450 tup ko‘knori ekkan 67 yoshli onaxon ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1958 yilda tug‘ilgan Buvayda qishlog‘ida yashovchi ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 450 tup ko‘knori o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro o‘z tomorqasida 103 tup ko‘knori va 118 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro o‘z xonadonida 170 tup giyohvandlik vositasini yetishtirib kelayotgani aniqlangan.
Live
Barchasi