Farg‘onada tez tibbiy yordam xodimlari kaltaklandi
Jamiyat
−
15 avgust 2020
15631Joriy yilning 3 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam brigadasi xodimlari kaltaklandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa tumanning “Katput” MFYda yuz bergan. chaqiruvga asosan kelayotgan “tez yordam” xodimlari mazkur ko‘chaning kirish qismidagi yo‘l chetida fuqaro M.Q. fuqaro B.M. bilan tortishib turganligi sababli ularni oldiga to‘xtashib, B.M.ga yordam bermoqchi bo‘lgan. Shunda M.Q. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovchi B.P. va hamshira O.P.ni qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi