Farg‘onada Tahoye qarshisidan chiqqan Tico'ni “yanchib tashladi”

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada ayanchli YTH sodir etilgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa kecha, 14 dekabr kuni  taxminan soat 13:00 larda yuz bergan. 

2003 yilda tug‘ilgan Yu.M. Tahoye rusumli avtomobilini boshqarib, Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy va Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashganida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, teskari yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan T.S . boshqaruvidagi Tico rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Oqibatda Tico haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YHXB Farg'ona IIB Tahoe Tico JXX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing