Farg‘onada tadbirkor 1,8 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2022 7270 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida gaz ta’minoti korxonasi filiali ma’sullari yordamida tadbirkor ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz Farg‘ona” gaz tarqatish filialining Farg‘ona shahar bo‘limi mas’ul shaxslari “T.Q.” MCHJga qarashli Toshloq tumani, “Anjil” MFY hududida joylashgan neft mahsulotlarini qayta ishlash sexini tabiiy gaz tarmog‘iga belgilangan talablarga zid ravishda ulanishiga ruxsat bergani aniqlangan. Oqibatda korxona tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr