Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda bir kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
26 mart 2020
9499Joriy yilning 25 mart kuni Farg‘ona viloyatida inson o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa viloyatning Farg‘ona tumani 4R-112 “Farg‘ona xalqa” avtomobil yo‘lining 222 kilometrida ro‘y bergan. Haydovchi F.F. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobilning chap oldi shinasi yorilib ketadi.
Oqibatda mashina yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi X.K. boshqaruvidagi Nexia rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketadi.
Oqibatda Nexia’da bo‘lgan yo‘lovchi 1992 yilda tug‘ilgan B.M. olgan tan jarohati og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. Ta’kidlanishicha, Lacetti haydovchisi va uning yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan M.Q.lar tan shifoxonaga yotqizilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15