Farg‘onada shifoxona yerini sotishga uringan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydonini ajratib berishi evaziga 50 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N.ning ishonchiga kirib, tadbirkorga Bag‘dod tumani Guliston massivida yangi qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydoni ajratib berishi evaziga 50 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani ayon bo‘lgan. 

U, shuningdek, yer maydonining kadastr hujjatlari tayyor bo‘lganini, uning nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 000 AQSH dollari kerakligini aytib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Bag'dod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing