Farg‘onada “samosud”: ikki qiz boshqa bir qizni kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l yuzida ikki qiz boshqa bir qiz bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ikki qiz bir bo‘lib uchinchisini kaltaklab, tepkilagan.

Mazkur videoga Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. 

Aniqlanishicha, videoxabarda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Olitiariq tuman IIB HPB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Rishton tuman ma’muriy sudiga taqdim etilgan. 

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Rishton tuman ma’muriy sudi tomonidan MJtKning 54-moddasi 1-qismi hamda 183-moddalariga asosan huquqbuzarlar G‘.M. va Q.X.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi, K.R.ga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

1075

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing