Farg‘onada ruhiyatga kuchli ta’sir qiluvchi kofe sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
13 mart
6765Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi kofe mahsulotini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.I. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjud bo‘lgan jami 1 800 quti “Keta collagen coffee mix” mahsulotini fuqaro M.X.ga 21 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2511-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining “Mindonobod” mahallasidagi uylardan birida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash uchun tashkil etilgan narkolaboratoriya aniqlangan edi. Ekspertizaga ko‘ra, uydan musodara qilingan giyohvandlik vositalarining qora bozordagi bahosi 9 mlrd 185 mln so‘mga teng bo‘lgan.
LiveBarchasi