Farg‘onada psixotrop sotuvchilar DXXdan qochmoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
09:04 4071 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 11 650 dona kuchli ta’sir qiluvchi modda bilan tezkor guruh xodimlaridan qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1994 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zlarining tanishi bo‘lgan – Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning Gentra rusumli avtomashinasida Farg‘ona tumaniga borib, qo‘shni respublikadan O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tkazilgan 11 650 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olgan.
So‘ngra Qo‘qon shahriga qaytib ketayotganlarida tezkor guruh tomonidan Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilgan vaqda, ular avtomashinadan dori vositalarini uloqtirib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lgan, lekin xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, qonunbuzarlar bu turdagi dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida yashovchi shaxslarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘ttamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashirin ombor fosh etilgandi.
Live
Barchasi