Farg‘onada psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 4 ming dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi va qariyb 10 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona tumanida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs qirg‘izistonlik tanishlari bilan 4000 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi hamda 5306 dona “Regapen” va 232 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotib olgan. Buning uchun ularga oldindan 1200 AQSH dollari yuborib, qolgan pullarni dori vositalarini sotib bo‘lganidan keyin berishga kelishgan.

O‘z navbatida qirg‘izistonlik narkosavdogarlar uning buyurtmasini aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga o‘tkazib bergan.

Giyohvandlik vositalarini sotgan ushbu fuqaro Rishton tumaniga borib, 2800 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasini hamda 560 dona “Regapen” va 10 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qo‘qon shahrida yashovchi 2 xaridorga 13 million so‘m hamda 100 AQSH dollariga sotib, “Qo‘qon – Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida ushlangan. Undan 600 dona “Tramadol”, 50 dona “Tropikamid”, 13 mln so‘m hamda 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, undan giyohvandlik vositalarini sotib olgan qo‘qonlik 2 xaridor ham ushlanib, ulardan ham ashyoviy dalillar tegishli tartibda olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, narkosavdogarning ko‘rsatmasi asosida, uning yashash xonadonidan tovarning qolgan qismi, ya’ni 600 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi hamda 4746 dona “Regapen”, 172 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy bahosi 1,5 mlrd so‘mni tashkil etuvchi giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Boshqa bir holatda esa Rishton tumanida yashovchi ayolning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasidan keltirilgan. Umumiy bahosi 682 mln so‘mni tashkil etuvchi 3343 dona “Regapen” va 1058 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, ayolning jinoiy  sherigi bo‘lgan Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro ham ushlangan.

“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona psixotrop moddalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing