Farg‘onada “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimi ushlandi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2025 5278 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Quvasoy shahri bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tezkor tadbirda “X.A.” NTT avtomaktabi xodimi G.U. fuqaro J.M.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “V” va “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi raisi o‘rinbosari imtixonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga xizmat xonasida 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Live
Barchasi