Farg‘onada poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarni tok urdi
3-sahifa
−
25 Sentabr
11076Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tok urdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga joriy yilning 17 sentyabr kuni 13:00 larda bu haqda xabar berilgan. Xabarga asosan tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari Uchko‘prik tumanidagi temiryo‘l bekatiga borgan. Ular Temiryo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgan.
Ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ehtiyotsizligi oqibatida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan.
Birinchi bemor jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida uch farzandning onasi bo‘lgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi