Farg‘onada piyoda YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda og‘ir jarohatlanib, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabyuar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 26 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro T.S. Matiz rusumli  avtomashinasini Yangihayot ko‘chasida boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan Q.B.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda Q.B. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Marg'ilon

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing