Farg‘onada ota va bola maktab o‘quvchisini kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida ota va o‘g‘il maktab o‘quvchisini kaltagani haqida xabar va video tarqaldi. Viloyat IIB hodisaga munosabat bildirib, videoda shaharning Quruvchilar ko‘chasida 2 nafar fuqaro voyaga yetmagan shaxsni urgani aks etganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriyning yil 21 fevral kuni fuqaro B.P. farzandi N.K. bilan birgalikda Farg‘ona shahar Quruvchilar ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan X.Sh.ni o‘zaro kelishmovchilik sababli urib, tepib tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yuzasidan to‘plangan materiallar Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining ish yurituviga qabul qilinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Tekshiruv harakatlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bezorilik

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing