Farg‘onada ota-bola is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

17 noyabrdan 18 noyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona tumanida 2 nafar fuqaro is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona tumani, “Gulshan” MFY, Samo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o‘g‘li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

“Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’tiborli bo‘lishingizni, olovdan  foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, deya fuqarolarni ogohlantirgan viloyat IIB.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing