Farg‘onada noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Quva tumanidagi holatda 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs 2020 yilda tuman hokimining qarori asosida, o‘zining qarindoshiga “Yoshlar mehnat guzari” bino-inshootlari qurish uchun ijara huquqi asosida berilgan 15 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Uchko‘prik tumanida esa 1959 yilda tug‘ilgan shaxs 2016 yilda o‘zining o‘g‘li nomiga tashkil etilgan bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jalikka tuman hokimining 2019 yildagi qarori bilan sabzavotchilik-bog‘dorchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ijara huquqi asosida qo‘shimcha ravishda ajratib berilgan 10 gektar yer maydonini xaridorga 30 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi. 

Toshloq tumanidagi holatda 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs tuman hokimining 2017 yildagi qarori bilan o‘z akasiga issiqxona va bog‘dorchilik uchun foydalanishga berilgan 30 sotix yer maydonidan 12 sotixini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 19,2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.  

Rishton tumanida esa 1986 yilda tug‘ilgan shaxs davlat zaxirasidagi 12 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.  

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent va Buxoro viloyatlarida ham yer maydonlarini noqonuniy sotganlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona noqonuniy er sotish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing