Farg‘onada noqonuniy yer sotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada noqonuniy ravishda yer sotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro B.S viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng, olib borilgan tadbirda fuqaro X.N. Farg‘ona shahri, “Ilg‘or” mahallasidan shahar hokimining 2021 yilning 17 maydagi qarori bilan “ZAMIN FRUITS AGROCLASTER” MCHJga gulchilikka ixtisoslashgan issiqxona qurish uchun berilgan 4,5 gektar bo‘sh yer maydonini noqonuniy ravishda 35 000 AQSH dollariga sotishga kelishgani aniqlangan.

X.N. kelishilgan puldan 15 ming AQSH dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing