Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia va uning haydovchisi yonib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Oqibatda avtomobil salonida bo‘lgan haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, voqea soat 16:10 atrofida viloyatning Oltiariq tumani Kattao‘q qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 257-kilometrida sodir bo‘lgan. 36 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobil qarshisidan kelayotgan Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. 

Oqibatda Nexia yonib ketgan va ichidagi haydovchi vafot etgan. Shuningdek, Lacyetti mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi neftni qayta ishlash zavodi yaqinida tashkilotga tegishli bo‘lgan avtobus yonib ketgandi. Bundan avval, 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing