Farg‘onada MMTB bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Farg‘onada Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga xizmat xonasida 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-(Firibgarlik) va 211-( Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 2 nafar fuqaroni ishga qabul qilgani uchun 3,5 ming dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing