Farg‘onada mikroavtobus yuk mashinasiga borib urildi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Hyundai mikroavtobusi yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 5 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Soat 11:20 da viloyatning Quva tumani hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 186-kilometrida Hyundai rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk transport vositasiga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani IIB YHXB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro shahrida Damas rusumli transport vositasi yo‘l chetida to‘xtab turgan HOWO yuk mashinasining orqasiga kelib urilgandi va pachaqlanib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona mikroavtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made