Farg‘onada MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
20 iyun 7609 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan.
Joriy yilning 3 iyun kuni u talab qilingan puldan 1200 dollarni pora sifatida olgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanida fuqarolarning 18 million so‘m qarzdorligini o‘chirib berishni va’da qilgan elektr tarmoqlari muhandisi ushlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr