Farg‘onada mashina gazballoni portlashi oqibatida 1 kishi vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Rishton tuman markazida avtomashinaga o‘rnatilgan gazballoni portlashi oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 27 iyun kuni 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasini tuman markazidagi dehqon bozori hududiga to‘xtatib, o‘zi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan vaqtida, avtomashinaga o‘rnatilgan gazballoni portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Portlash oqibatida shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atililgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona gaz ballon Rishton Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing