Farg‘onada Malibu 10 yoshli qizchalarni urib yubordi. Qurbon bor
3-sahifa
−
12:22 2764 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Malibu-2’ning voyaga yetmagan haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 may kuni soat 16:00 da voyaga yetmagan Z.A. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinani Qo‘qon shahar Amir Temur ko‘chasida boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan 3 nafar voyaga yetmagan qizlarni urib yuborgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 14 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl 15 yoshli qizni urib yuborgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi