Farg‘onada maktab o‘quvchilari o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi

Jamiyat

−

image

Farg‘ona viloyatida ikki maktab o‘quvchisi o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 10 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi A.A. Bog‘iatirgul ko‘chasida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi O.M. bilan Toshhovuz ko‘chasida o‘zaro janjallashib, bir-birlariga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada A.A. va O.M.lar shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing