Farg‘onada ko‘chada janjallashganlar qamaldi
3-sahifa
−
13 avgust
6493Farg‘ona shahri markazida janjallashgan shaxslar ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, 11 avgust kuni Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida 1995 yilda tug‘ilgan B.O. hamda 1990 yilda tug‘ilgan M.U.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Janjal IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan. Holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada do‘stining to‘yida to‘y korteji uyushtirganlar qamalgani haqida xabar berilgandi.
Maftuna Madaminova
LiveBarchasi