Farg‘onada Xitoy tajribasi asosida “Temir daftar” yuritiladi – Adham Ikromov
Jamiyat
−
07 iyun 2020
8805Farg‘ona viloyatida kambag‘allikni qisqartirish uchun Xitoy tajribasi asosida “Temir daftar” yuritiladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Xalqaro press-klubning Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida aytib o‘tdi.
“Odamga munosib ish kerak, munosib oylik maosh kerak. Viloyatning salohiyati, sanoatni rivojlantirish, barcha qishloq xo‘jaligi, agrosanoatni rivojlantirishi, hunarmandchilik, kichik biznesni rivojlantirishda Farg‘onaning tajribasi katta bo‘ladi. Biz o‘zimiz tadbirkorlikni rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirishdagi ahamiyatini guvohi bo‘lib turibmiz.
“Temir daftar” tushunchasi bu karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxatidir. Shu “temir daftar”ning ichiga ishga yoki yordamga muhtoj oilalarning barchasi kiritildi. Farg‘ona viloyatidan 43 mingdan ortiq oila mazkur ro‘yhatga kiritilgan.
Ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning ro‘yxatini shakllantirishda Xitoy tajribasini o‘rganilgan. Mazkur tajribadan kelib chiqib odamlarni ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimini yaratib berish, o‘qitish va uy-joyini ta’mirlash davlat dasturi shakllantirilgan”, dedi Adham Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada viloyat mas’ullari va faollar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yil oxirigacha 43 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq bergandi.
LiveBarchasi