Farg‘onada katta “tozalash” boshlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida ham kriminogen vaziyat ustidan katta tozalash boshlandi. Oxirgi 10 kunda jinoyat sodir etgani uchun qidirilayotgan 37 kishi topilgan, 22 kishi bezorilik ustida ushlangan, 248 kishining uyida tintuv o‘tkazilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, viloyatda “Zarbdor 40 kunlik” doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Olingan tezkor ma’lumotlar asosida kriminogen muhitda mavqega ega bo‘lgan 248 nafar shaxslarning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. 

Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash bo‘yicha 106 marta faol tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlangan. 

Mazkur tadbirlar davomida:

 ⁃ 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari;

 ⁃ 78 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar;

 ⁃ 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar topilgan.

Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan 22 nafar shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan. 

Farg‘ona IIBning asoslashicha, joriy yilning 22 noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzarahimov o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘tkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi ta’minlangan. 

Shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qo‘lga olinib, tergov organlariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati IIB, ushbu tadbirlar doirasida MMA jangichisi Humoyun To‘xtamurodov ham qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev ushlangani haqida ma’lumotlar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Ichki ishlar kriminogen vaziyat Zarbdor 40 kunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing