Farg‘onada qurol sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatidagi Marg‘ilon shahrida erkak qurol sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazgan. Natijada 59 yoshli S.A. bir dona 1954 yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Farg'ona

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing