Farg‘onada ommaviy janjal! Mushtumzo‘rlardan pichoq, qilich va giyohvand moddalar topildi

3-sahifa

Joriy yilning 18 iyun kuni 13:30 da Farg‘ona shahar Oqariq ko‘chasida ikki mashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ikki mashina egalarining katta janjaliga aylanib ketdi. Bu haqda IIVning “Kriminal” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Haydovchilar bir joyda ko‘rishib, orani ochiq qilishga kelishgan. Belgilan vaqtda ikki tomondan 20 ga yaqin yosh yigitlar “Taraqqiyot-2001” MCHJ hovlisida to‘plangan. Janjal boshlangan vaqtda hodisa ishtirokchilari vaziyatdan xabardor bo‘lgan Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi otryadi, DXX va Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy qismi hamda Farg‘ona shahar IIO FMB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Voqea joyidan ko‘plab o‘tkir tig‘li buyumlar: pichoq va qilichlar va giyohvand moddalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan va 9 nafar shaxs 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. 

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zhatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

568

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing