Farg‘onada qariyb 25 ming soxta dollarni haqiqiysiga pullayotgan guruh ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 mart kuni Qo‘qonda qalbaki dollarni haqiqiysiga sotayotgan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 42 yoshli Kozim A., 36 yoshli Shavkatbek A., va 48 yoshli Abduvoxid F. 24 850 AQSH dollar qiymatiga teng soxta pullarni shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga Qo‘qondagi “Zamin” choyxonasida  10 000 AQSH dollarga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 200 dona 100 AQSH dollarlik va 97 dona 50 AQSH dollarlik kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, JKning 176-moddasidagi jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Farg'ona

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing