Farg‘onada ikkita Damas to‘qnashdi
3-sahifa
−
09:18 2584 1 daqiqa
Kecha, 23 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida Damas avtomobili boshqa bir Damas bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 larda, tumanning “Belariq” MFY hududidan o‘tgan D-094 “Oltiariq-Vodil” avtomobil yo‘lining 34-kilometrida, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomobilini Oltiariq markazi–Qiziltepa yo‘nalishida boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmagan hamda qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar haydovchi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Nexia-2 va Onix ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi va unda haydovchilardan biri vafot etgandi.
Live
Barchasi