Farg‘onada ikki velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi. Ulardan biri 13 yoshda

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onadagi 8-9 aprel kunlari qayd etilgan ikki mudhish yo‘l-transport hodisasida velosiped boshqarib ketayotgan ikki fuqaro halok bo‘ldi. Ulardan biri bor-yo‘g‘i 13 yoshda bo‘lgan. 

Farg‘ona viloyat IIBBning ma’lum qilishicha, 8 aprel kuni fuqaro N.Yo. Lacetti rusumli avtomashinasini Toshkent ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan A.B.ni urib yuborgan. Velosipedchi A.B. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, 9 aprel kuni soat 17:30 velosiped ishtirokida yana bir YTH qayd etilgan. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yuborgan. Og‘ir tan jarohatlari oqibatida velosipedchi shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing