Farg‘onada ikki kishi is gazidan vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 25 fevral kuni Farg‘ona viloyatida ikki kishi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 07:30 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman Puchug‘oy qishlog‘idagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. (qiz) o‘z uyiga o‘rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafot etgan.

Bundan tashqari, soat 13:00 larda Farg‘ona shahar Beglar MFYda istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.Q. yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. shifoxonaga yotqizilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, sizdan xonadoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’tiborli bo‘lishingizni, olovdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz. Hozirda  yuqoridagi  holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona is gazi

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing