Farg‘onada ichki ishlar xodimi o‘zini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
06 dekabr 2022
19481Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida ichki ishlar organi xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5 dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomaga kelmagan hamda u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.
O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi "Katta Farg‘ona" kanali yoqasidagi yo‘lining chetida, o‘ziga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomobilida o‘ziga biriktirilgan PM xizmat quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, xodim, ijtimoiy tarmoqlarning "1xbet" (onlayn qimor) ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln so‘m yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida bo‘lgan.
Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, respublika kesimida qimor o‘yinlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar soni 2019 yilda 1 ming 454 ta tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning 6 oyida 2 ming 325 taga yetgan. Ushbu o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta bo‘lsa, 2022 yilning 6 oyida 90 tadan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Xorazm viloyatida IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 2021 yilning iyun oyida ham Toshkent viloyatining Angren shahrida IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi o‘zini otib o‘ldirgan edi.
LiveBarchasi