Angrenda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi
3-sahifa
−
28 iyun 2021 45418 1 daqiqa
Toshkent viloyati Angren shahrida IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 27 iyun soat taxminan 13:00 larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi, safdor, 1987 yilda tug‘ilgan B.B. Angren shahar IIBning 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan PM tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan.
Oqibatda safdor B.B. olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
O‘z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr