Farg‘onada ichida 3 kishi bo‘lgan Damas kanalga tushib ketdi
Jamiyat
−
27 Noyabr 2024 5376 1 daqiqa
Kecha, 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Damas kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 20:30 da “Xumdon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Farg‘ona” kanaliga Damas rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda o‘z harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichida bolalar bo‘lgan Damas Farg‘ona kanaliga tushib ketgandi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr