Farg‘onada Gentra o‘g‘rilari ushlandi

Olam

image

Farg‘ona shahrida 26 fevral kuni olib qochilgan Gentra topildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 fevral kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Gentra rusumli avtomashina yashash xonadoni oldidan olib qochilgan. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni 2001 yilda tug‘ilgan Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi S.Q. va 1993 yilda tug‘ilgan Q.I. ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etgani aniqlanib, ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-modda 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Fuqarolarimizdan avtomashinalarini ochiq va qarovsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz. Hurmatli fuqarolar avtomashinangiz kalitini ichida qoldirmang! Ularni imkon qadar yoritilgan va  kuzatuv kameralari ostiga joylashtiring! Yo‘l yoqasiga, ko‘cha eshigi oldiga tashlab ketmang! Unutmang! Har qanday jinoyat albatta fosh etiladi”, deyiladi xabarda. 

Viloyat IIB yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, ichki ishlar organlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing