Farg‘onada gazli suv moslamasi portlab ketdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 may kuni Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasida gazli suv uchun mo‘ljallangan qurilmada portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat soat 10:05 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri Qirguli dahasi Yangi asr ko‘chasida joylashgan gazli suv sotishga mo‘ljallangan do‘konda gazli suv idishidagi havo bosimining ko‘tarilib ketishi oqibatida suv idishi otilib ketgan. 

Suv idishining otilib ketishi oqibatida ikki nafar ishchi yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borib, amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa oqibatida do‘konning yengil konstruksiyalariga qisman zarar yetgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona gaz ballon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made