Farg‘onada “gashish” savdogari ushlandi (video)
3-sahifa
−
02 iyun 1342 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 2 kg dan ko‘p “gashish” giyohvand moddasi va 5600 dona psixotrop dorini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan Damas avtomashinasi to‘xtatilgan. Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 2 kg 40 gr “gashish” moddasi va 5600 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi ma’lum bo‘lgan.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, mazkur shaxs Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sherigidan olgan giyohvandlik vositalarini Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- (Kontrabanda), 251-1- (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 273-moddalari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urgutda 1 kg “gashish”ni 9 300 dollarga pullayotgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi