Farg‘onada fermer xo‘jaligi davlatga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida davlatga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Bildirilishicha, departamentning Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Oltiariq” konining xo‘jalikka biriktirilgan qismidan tashqari hududdan o‘zboshimchalik bilan 26 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olgan va davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, fermer xo‘jaligining muzlatkich omborida 79 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida MCHJ mas’ul shaxslari hech qanday hujjatlarsiz qum-shag‘al xomashyosini qazib olayotgani ochiqlangandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing